TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Qorabog‘da maktab qurish to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lib, u ozarbayjon xalqiga O‘zbekistondan tuhfa sifatida topshiriladi. Bu haqda AOKA direktori Asadjon Xodjayev Turkiy kengash delegatsiyasi Ozarbayjonning Agdam shahriga tashrif chog‘ida ma’lum qildi. Sputnik Ozarbayjon xabariga asosan.
Xodjayev Qorabog‘ mojarosi Ozarbayjon yerlariga katta baxtsizlik va vayronagarchiliklar keltirdi, hozir Ozarbayjon o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tmoqda, ozod qilingan hududlarda infratuzilmani qurish va tiklash bilan bog‘liq ko‘plab ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
"Bu yerda bitta masjiddan tashqari deyarli hamma narsa vayron qilindi va jahon hamjamiyati bunga e’tibor qaratishi kerak", - dedi u.
Agentlik direktorining so‘zlariga ko‘ra, Turkiy kengash davlatlari ozod qilingan hududlarda tiklash va qurilish ishlarida faol ishtirok etishadi, O‘zbekiston bu yerlarning infratuzilmasini rivojlantirishda o‘z yordamini taklif qildi.
Ayni paytda biz tiklash jarayonida ishtirok etadigan obyektlar ro‘yxatini mutaxassislar belgilab olmoqdamiz, mening bilishimcha, bitta maktabni qurish to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lib, u ozarbayjon xalqiga O‘zbekistondan tuhfa sifatida taqdim etiladi. Bunday obyektlar ro‘yxati aniqlanib, kelishib olinmoqda
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi AOKA direktori Asadjon Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonning Boku shahrida 9-11 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Turkiy Kengash doirasidagi axborot va media sohasidagi yig‘ilishda ishtirok etdi.