Ginness kitobiga kiritilgan quyon o‘g‘rilab ketildi

Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta quyon o‘g‘irlab ketildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Buyuk Britaniyada dunyodagi eng katta Darius laqabli quyon o‘g‘rilab ketildi. Uning egasi jonivorni qaytargan kishiga 1 ming funt (1,3 ming dollar) mukofot berishini e’lon qildi. Sky News telekanali xabar qildi.
Darius laqabli quyon Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Uning tanasining uzunligi 129 santimetr.
Quyon uning egalari uyida (Angliya, Vustershir grafligida) yashagan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, u yakshanba kuni kechqurun volyerdan o‘g‘irlab ketilgan. Quyonning egasi Annet Edvards jonivorni qaytarib berishni so‘rab, uning o‘rniga mukofot taklif qildi.