TOShKENT, 13 apr - Sputnik. AQSh Davlat Departamenti Insoniyatning koinotga ilk parvoziga 60-yil to‘lishi munosabati bilan Facebookda e’lon qilingan postida SSSR va Yuriy Gagarin nomlarini aytib o‘tmadi.
Ular aniq ism va faktlar o‘rniga shunchaki umumiy gaplar bilan chegaralanishdi. Ushbu postga biriktirilgan rasmda esa AQSh bayrog‘i aks etgan skafandr kiygan fazogir tasvirlangan.
Bunday “unutuvchanlik” nafaqat Facebook foydalanuvchilarini va Rossiyaning AQShdagi elchixonasini ham noroziligiga sabab bo‘ldi.
Rossiyalik diplomatlar tarixiy haqiqiatni yashirish - AQSh Davlat departamenti uchun odatiy holaga aylanib borayotganini qayd etishdi va ushbu kunning insoniyat uchun ahamiyatini yana bir bor eslatib o‘tishdi.
Birinchidan, BMT Bosh assambleyasi tomonidan 12-aprel insoniyatning koinotga ilk parvozi amalga oshirilgan kuni sifatida bayram qilinishi aynan Yuriy Gagarin sharafiga belgilanganini va u 1961-yilda Yer shari atrofidi birinchi marotaba orbital parvoz amalga oshirganini aytib o‘tishdi.
Shuningdek diplomatlar prezident Jon Kennedining Nikita Xrushevga Yuriy Gagarin parvozi munosabati bilan yuborilgan tabriknomasini ham esga solib qo‘yishdi.
Undan tashqari AQShda Gagarinning haykali Vashington, Nyu-York, Chikago, Klivlend, Xyuston va Kolorado-Springsda o‘rnatilganini ham alohida qayd etishdi.
Qo‘shimcha ma’lumot sifatid shuni keltirish mumkinki, AQSh ham 1960-yillarda SSSR koinotga birinchi odamni uchirish poygasida ishtirok etgan. Lekin ularning rejasi butunlay boshqacha bo‘lgan.
Koinot - Yer sathidan 100 kmdan balan bo‘lgan hudud hisoblanadi. Shuning uchun AQSh raketada odamni ana shu balandlikka olib chiqish va parashutda okeanga qo‘nishi kerak bo‘lgan.
Sovet Ittifoqi bo‘lsa hammasini butunlay boshqacha rejalashtirgan. Raketa kosmik apparatni Yer orbitasiga olib chiqadi. Apparat Birinchi kosmik tezlikkacha tezlashtiriladi va Yer shari atrofida to‘liq aylanib chiqadi. Shundan so‘ng yerga sog‘ omon qo‘nishi kerak bo‘lgan.
Oqibatda, SSSR rejasi qanchalik murakkab bo‘lmasin, ular buni uddalaydi va 1961-yilning 12-aprel kuni Yuriy Gagarin birinchi bo‘lib koinotga parvoz qiladi.
AQSh esa o‘zining “soddagina” parvozini 1961-yil 5-may kuni amalga oshiradi. Astronavt Shepard Floridadagi kosmodromdan 120 km balandga ko‘tarilib Atalantik okeaniga parashutda tushadi.
Ana shunaqa “amerikacha” kosmik parvoz. Agar ushbu parvoz Gagarindan oldin amalga oshirilganda, amerikaliklar Shepardni birinchi kosmonavt deb e’lon qilishi muqarrar edi. Batafsil quyida.