TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Isroilni Natanzedagi yadroviy obyektga diversiya amalga oshirishda aybladi, Tehron buning uchun undan qasos olishga va’da berdi.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Isroil tomoni shu yo‘l bilan sanksiyalarni olib tashlash yo‘lida erishilgan yutuqlarga javoban Erondan o‘ch olmoqchi.
"Sansiyalarni bekor qilish jarayonida erishilgan yutuqlarga javoban sionistlar Eron xalqidan qasos olmoqchi, bizning javobimiz sionistlarning o‘zlariga yetib boradi", - deydi Zarif.
Vazirlik vakili Said Xatibzoda bu hujumni "Eron hududidagi yadroviy terrorizm harakati" deb atadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, shikastlangan sentrifugalar zamonaviylari bilan almashtiriladi.
Eron Atom energiyasi tashkiloti 11-aprel kuni Natanze uranini boyitish zavodidagi elektr taqsimlash tarmog‘ida avariya yuz berganini ma’lum qildi. Yer osti sentrifuga elektr energiya ta’minotisiz qoldi. Ularning tiklanish uchun taxminan bir yil vaqt kerak.
The New York Times nashri manbalariga ko‘ra, hujumga Isroil razvedkasi aloqador bo‘lishi mumkin. Avariya portlash natijasida kelib chiqqanligi aytilmoqda.
Isroil hukumati hodisa yuzasidan hozircha hech qanday izoh bermadi.