TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkent shahrida Muqaddas Ramazon oyida taroveh namozi munosabati bilan masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
Oltita ko‘chada harakat har kuni soat 18:00 dan 23:00 gacha cheklanadi.
Yopiladigan ko‘chalar:
Lutfiy ko‘chasi (faqat masjid tomoni, qarama qarshi tomon harakat uchun ochiq bo‘ladi) - Katta Qani ko‘chasi bilan kesishmadan Katta Xirmontepa ko‘chasi bilan kesishgan yo‘lgacha;
Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi Beshqayrag‘och ko‘chasidan Nurafshon ko‘chasigacha;
Keles ko‘chasi Noraztepa ko‘chasidan Gulsaroy ko‘chasigacha;
Kamolon ko‘chasi Samarqand Darvoza ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha;
Al-Xorazmiy ko‘chasi Katta Qani ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha;
Qoraqamish-3 ko‘chasi Qoraqamish-1 ko‘chasidan Keles yúli ko‘chasigacha.
“Holatga qarab, namozxonlar soni ko‘payib ketgan taqdirda masjidga tutashgan boshqa yo‘llar ham yopilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.
Shahar rasmiylari haydovchilardan taroveh namozlari vaqtida masjidlar atrofidagi ko‘chalarni chetlab o‘tishni iltimos qilgan.