Ravshan Ermatov MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi

Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘FA birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ravshan Ermatov Milliy olimpiya qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
MOQda o‘tkazilgan navbatdan tashqari saylov yig‘ilishida qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Ravshan Ermatov nomzodi ilgari surilgan. Kengash a’zolari tomonidan uning nomzodi bir ovozdan ma’qullangan va saylangan.
Ravshan Ermatov so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi hakamlari ro‘yxatiga kiritildi
Ravshan Ermatov shu kunga qadar bir vaqtning o‘zida Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimlarida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta u boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan edi.