Ozarbayjon fuqarosi Toshkentda halok bo‘ldi

YTHga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Toshkentda Ozarbayjon fuqarosi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 10-aprel kuni Mirobod tumani Mehrjon ko‘chasida ro‘y bergan. “Lacetti” va “Malibu” avtomobillari o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida “Lacetti” yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. va har ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.
Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan “Lacetti” haydovchi 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi Xalik K. vafot etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.
O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.