Nukusda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tadi

Prezident qarori bilan 2021-yilda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu prezident imzolagan tegishli qarorda belgilangan.
Qarorga ko‘ra, 2021-yilda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali Nukus shahrida o‘tkaziladi.
Festivalni Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqori tashkiliy daraja va badiiy saviyada o‘tkazish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Afsonalar jonlangan kecha: Termezdagi xalqaro baxshichilik festivalidan fotoreportaj
Shuningdek, Festivalni joriy yilda o‘tkazish muddati sanitariya-epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil aprel oyida Termiz shahrida ilk bor xalqaro baxshichilik san’ati festivali bo‘lib o‘tgan edi. Unda dunyoning 74 ta davlatidan 160 dan ziyod vakillar qatnashgan.