Ishchi guruh Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar muammolarini o‘rganmoqda

Ishchi guruh tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan fuqarolar yotoqxonasiga borib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Ishchi guruh Rossiyada vaqtincha ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining yashash va ish sharoitlarini o‘rganish maqsadida ayni kunlarda Moskva shahrida bo‘lib turibdi. Guruhga bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari Erkin Muhitdinov boshchilik qilmoqda.
Ishchi guruh Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar muammolarini o‘rganmoqda
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, ishchi guruh tashrif doirasida “TexStroy” kompaniyasi rahbariyati va agentlik mas’ul xodimlari O‘zbekistondan ushbu kompaniyaning qurilish obyektlariga tashkillashtirilgan holda jo‘nab ketgan fuqarolar yotoqxonasiga borib, ularning yashash sharoitlari bilan tanishgan. Ish beruvchilar bilan muloqot o‘tkazilgan.
O‘zbekistonlik mehnat migrantlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyat va imtiyozlardan foydalanish haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.
Ishchi guruh Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar muammolarini o‘rganmoqda
Migrantlar bildirgan muammolarni hal etish yuzasidan ish beruvchilar bilan birga o‘rganishlar olib borilmoqda