TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Spirtli ichimlikdan voz kechish umrni 28-yilga uzatirishga qodir. Bu haqda “Express” nashri Karolinska instituti (Shvetsiya) olimlari ma’lumotlariga tayangan holda yozadi.
Tadqiqot 20-yil davom etgan. Bu vaqt davomida mutaxassislar Daniya, Finlyandiya va Shvetsiyadagi piyanistalar necha yil yashashganini kuzatishgan.
Xulosalar shuni ko‘rsatganki, ichkilikka ruju qo‘yganlar turli kasalliklardan ko‘proq o‘lishgan. Ular ichib, o‘z hayotlarini o‘rtacha 28-yilga qisqartirishgan.
Butun dunyo bo‘ylab shifokorlar muntazam ravishda spirtli ichimlikning sog‘liqqa salbiy ta’siri haqida ogohlantirib kelishadi. Ularning kam miqdori ham saraton va bepushtlik kasalligi ehtimolini oshiradi. Shuningdek, aqliy va jinsiy zaiflikni keltirib chiqarishi mumkin.
Qolaversa, ichkilikdan ko‘pincha jigar, yurak tizimi va miya aziyat chekadi.