O‘zbekistonda bir kunda rekord darajadagi kishi COVID-19 ga qarshi emlandi

10 aprel kuni O‘zbekistonda jami 40 359 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. 10 aprel kuni Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 40 359 nafar kishi COVID-19 ga qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Mamlakatda shu paytga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 148 642 nafarga yetgan.
Ta’kidlanishicha, 10-aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida rekord qayd etilib, bir kunning o‘zida 10 ming nafardan ortiq fuqaro (10 868 nafar) emlangan.
Vaksina olishdan avval qanday tayyorgarlik ko‘rish va nimalarga e’tibor berish kerak
Namangan va Farg‘ona viloyatlarida koronavirusga qarshi emlangan jami aholi 15 ming nafardan oshib, 20 ming nafarga yaqinlashgan.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat aholisini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1-apreldan boshlangan.