O‘zbekiston va Qatar qator sohalarda hamkorlikni sezilarli oshirmoqchi

Kamilov va Qatar amiri ikki mamlakat munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 apr — Sputnik. Dohada O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilindi.
Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar amiriga yo‘llagan maktubini yetkazdi.
Suhbat davomida O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb jihatlari to‘g‘risida fikr almashildi.
O‘zbekiston va Qatar ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun muhim salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
“Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotni faollashtirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda hamkorlikni sezilarli darajada oshirish zarurligini ta’kidladilar”, - deyilgan TIV xabarida.
Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo inklyuziv muzokaralarni ilgari surishning muhimligi ta’kidlandi.
Qatar tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistondagi tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.
Abdulaziz Kamilov Qatarga tashrif buyuradi