TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qatardagi “Tolibon”* harakati siyosiy vakolatxonasi rahbari mulla Barodar Axund bilan uchrashdi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish maqsadida tinch siyosiy jarayonni ilgari surish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Mulla Barodar Afg‘oniston muammolariga doimiy e’tibor qaratayotgani uchun O‘ prezident Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi. Bundan tashqari, “Tolibon”* harakati rahbariyati vakili O‘zbekistonning Afg‘onistonda transport va energetika sohalarida muhim iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatladi.
U, ayniqsa, O‘zbekiston tomonidan amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari nafaqat Afg‘onistonning iqtisodiy rivojlanishiga, balki mamlakatda to‘laqonli tinch siyosiy jarayonni boshlash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu o‘rinda Afg‘oniston kelajakda Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida “ishonch va hamkorlik ko‘prigi”ga aylanishi mumkinligi bildirildi.
* - Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti