TOShKENT, 11 apr — Sputnik. O‘tkir Qodirov Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tegishli qaror prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi.
Qodirov shu kunga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Shuningdek, u TIV, prezident administratsiyasi, prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi savdo vazirligida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
O‘tkir Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, O‘zbekiston strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.