TOShKENT, 10 apr - Sputnik. O‘zbekiston regionlarida chigirtkalarga qarshi kurash mavsumi boshlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot-xizmati rahbari Murod Sodiqov ma’lum qilmoqda.
“O‘zbekistonning barcha hududlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari boshlandi. FVV hamda qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari o‘zaro hamkorlikda joriy yilda hasharotlar tahdid qilishi mumkin bo‘lgan taxminiy ekin maydonlari hisoblab chiqilgan. Bu deyarli 600 ming gektar qir-adir yerlardir", - deydi Sodiqov.
Ayni kunlarda chigirtka tahdid qilishi mumkin bo‘lgan hududlarda kimoviy ishlov berish tadbirlari olib borilmoqda.
Bularga Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini misol tariqasida keltirish mumkin.Tez kunlarda bu kabi tadbirlar Buxoro, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida ham boshlanadi.
Farg‘ona vodiysi hududlarida esa profilaktik tadbirlar may oyining boshida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, jarayonlarga o‘nlab deltaplanlar va yuzlab qishloq xo‘jaligi texnikalari jalb etilmoqda.