TOShKENT, 10 apr – Sputnik.O‘zbekistonda COVID-19 ga qarshi emlangan fuqarolar soni 108 283 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.
Shuningdek, kechaning o‘zida respublikada yana 200 nafarga yaqin fuqaroda koronavirus qayd etilib, infeksiyaga chalinganlar soni 84 724 nafarga yetgan.
Ayni vaqtda sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1504 nafar bemordan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti xabariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 132,7 millionga yetgan, 2,8 million kishi infeksiya qurboniga aylangan.
Koronavirus kasalligi ko‘rsatkichi eng ko‘p qayd etilgan davlatlar: AQSh, Braziliya, Hindiston va Fransiyadir. Rossiya bu ro‘yxatda beshinchi o‘rinda kelmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Buyuk Britaniya, Italiya, Turkiya, Ispaniya va Germaniya egallagan.