TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Rossiyada so‘nggi yilda migrantlar soni sezilarli kamaydi. Hozir keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirish uchun ular yetishmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Peskov rossiyaliklarning migrantlarga bo‘lgan munosabati haqidagi savolga javob berayotib, bu mavzu yuzasidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari bilan tanishib chiqmaganligini bildirdi.
“Faqat voqelikni ta’kidlashim mumkin, so‘nggi yilda bizda migrantlar umuman kamaydi. Va bu migrantlarning o‘zi bizga yirik loyihalarni amalga oshirish uchun juda-juda yetishmayapti”, - dedi Kreml vakili.
Peskov gap, jumladan, qurilish sohasidagi loyihalar haqida ketayotganini tushuntirdi.
“Biz hozirgiga qaraganda ko‘proq qurishimish lozim. Lekin buning uchun ishchi kuchi darkor. Pandemiya sabab ular kamaydi”, - dedi u.
Putin matbuot kotibi migrantlar qishloq xo‘jaligida ham zarurligini ta’kidladi. “Shu bois, shubhasiz, migrantlar yetishmasligi bor”, - deya xulosa qildi u.