“Uzbekistan Airways” Moskvaga chipta narxi necha puldan oshmasligini ma’lum qildi

Kompaniya Moskva shahriga muntazam parvozlar uchun chipta narxi 4,2 mln so‘mdan oshmasligini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Mosksa shahriga muntazam parvozlar uchun chipta narxini ochiqladi.
Avvalroq 2021-yilning aprel oyidan boshlab kompaniya haftasiga bir marta har shanba kunlari Toshkent – Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklashi ma’lum bo‘lgandi.
“Moskva shahriga muntazam qatnovlar uchun chipta narxi 4 200 000 so‘mdan oshmaydi”, - deyilgan xabarda.
“Uzbekistan Airways” Moskvaga chipta narxi necha puldan oshmasligini ma’lum qildi
Parvoz qilmoqchi bo‘lganlar Rossiyaga kelishdan avval 3 kundan oshmagan holda koronavirusga PZR usulida (rus yoki ingliz tilida) test topshirishi zarur.
Mazkur reysga O‘zbekistonning barcha fuqarolari va O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi muntazam parvozlar 2021-yil 1-apreldan qayta tiklanishi xabar qilingan edi.