O‘zbekiston MDHda birinchi bo‘lib pivoni markirovka qilishni boshladi

Davlat Soliq qo‘mitasi xususiy ishlab chiqariuvchilar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib pivo va alkogol mahsulotlarini markirovka qilishni boshladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr - Sputnik. O‘zbekiston – MDH hududida pivo mahsulotlarini majburiy raqamli markirovka qilishni yo‘lga qo‘ygan birinchi va yagona davlat bo‘ldi deb xabar qilmoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021-yilning 1-yanvaridan tamaki va alkogol, shu jumladan pivo mahsulotlarini raqamli markirovkalash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boshlangan.

2021 yil 1-apreldan respublikadagi 3ta yirik pivo zavodida(umumiy bozorning 76,9%)markirovkalangan mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, - deyilgan xabarda.

Undan tashqari 7,8 mingdan ortiq tamaki va alkogol mahsulotlari aylanmasi zanjiri tizimi ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Markirovka qilish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 20noyabrdagi 737-sonli qaroriga muvofiq davlat-xususiy hamkorlik shartnomasi asosida "CRPT Turon" MChJ bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.