O‘zbekiston bokschilari jahon chempionatiga yo‘l oldi - ro‘yxat

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Polshadagi jahon chempionatiga jo‘nab ketdi
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. 10-24 aprel kunlari Polshaning Kyelse shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkaziladi.
Musobaqada jahonning eng yetakchi boks mamlakatlaridan bokschilar medallar uchun kurash olib borishadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi to‘liq tarkibda Polshaga jo‘nab ketdi.
Toshkent ilk bor boks bo‘yicha JChga mezbonlik qiladi
O‘g‘il bolalar: Ibrohim Ishjonov (49 kg),Shahzod Muzaffarov (52 kg), Dilshod Abdumurodov (56 kg), Aydos Tog‘ayboyev (60 kg), Ahmadjon Ahmedov (64 kg), A’loxon Abdullayev (69 kg), Nurislom Ismoilov (75 kg), Shohjahon Abdullayev (81 kg), Amirshoh Samadov (91 kg), Jahongir Zokirov (91 kg).
Katta murabbiy: Hamid Tangribergenov, murabbiylar: Sirojiddin Naimov, Adiz Sharipov, Lazizbek Zokirov, Rasul Jo‘rayev, Nodirjon Ergashev.
Shifokor: Xurshid Mirgaliyev.
Qizlar: Farzona Fozilova (48 kg), Feruza Kazakova (51 kg), Nigina O‘ktamova (54 kg), Sitora Turdibekova (57 kg), Dilfuza Bekova (60 kg), Moxinabonu Abdullayeva (64 kg), Xadichabonu Abdullayeva (69 kg), Sohiba Ro‘zmetova (75 kg).
Katta murabbiy: Temur Axbayev, murabbiylar: Sharif Narzikulov, Ma’ruf Axmedov, Nodir Aysaxodjayev.
Molodejnaya sbornaya Uzbekistana po boksu viletela na chempionat mira v Polshu