Lavrov: Rossiya AQShning har qanday nodo‘stona xatti-harakatlariga javob qaytaradi

Avvalroq OAV Jo Bayden ma’muriyati Rossiya diplomatlarini jo‘natib yuborish va yangi sanksiyalarni kiritish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Moskva Vashingtonning har qanday nodo‘stona xatti-harakatlariga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Avvalroq “Bloomberg” agentligi o‘z manbalariga tayangan holda Jo Bayden ma’muriyati go‘yoki xakerlik hujumlari va saylovlarga aralashishga javoban Rossiya diplomatlarini jo‘natib yuborish va yangi sanksiyalarni kiritish ehtimolini ko‘rib chiqayotganini xabar qilgan edi.
“Bunga munosabat bildirish qiyin. Har qanday nodo‘stona qadamlarga javob qaytaramiz – bu o‘z-o‘zidan ma’lum. Hozircha aniq biror bir qarorlarni ko‘rmadim, hech narsa e’lon qilinmadi. Ma’muriyat (AQSh – tahr.) Rossiyaning dushmanlarcha xatti-harakatining umumlashtiruvchi ma’lumotlarni yakunlagani haqidagi xabarlarni o‘qidim”, - dedi Lavrov Qozog‘istondagi matbuot anjumanida “Bloomberg” xabariga munosabat bildirayotib.
Peskov: Putin AQShning Rossiya bilan kuch yo‘li gaplashishiga yo‘l qo‘ymaydi