"Innoprom" yakunlari: Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari necha pullik shartnomalar imzolashdi?

Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi "Innoprom" juda samarali o‘tdi, deb xabar qilishmoqda aksariyat ekspertlar.
Sputnik
TOShKENT, 8 apr — Sputnik. Tshkentda 5-7 apreld kunlari bo‘lib o‘tgan "Innoprom" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida 128 million dollarlik shartnomalar imzolandi, deb xabar qildi Rossiya Sanoat va Savdo vazirligi.
"Rossiya va O‘zbekiston kompaniyalari umumiy qiymati 128 million dollar bo‘lgan 21ta shartnoma imzolashdi. 50dan ortiq Rossiyalik ishtirokchilar kelgusi yilda ham ishtirok etishga qiziqish bildirishdi", - deyilgan xabarda.
"Innoprom"ning dasturiy direktori Anton Atrashkin so‘zlariga ko‘ra, ushb ko‘rgazma Rossiya kompaniyalari uchun O‘zbekiston katta qiziqish uyg‘otayotganini ko‘rsatgan. Uning yakunlari ijobiy bo‘lgan: ko‘rgazma ilk bor Toshkentda o‘tkazilayotganiga qarmasdan, aksariyat ishtirokchilar o‘zlariga hamkor topa olishgan.
Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov aytishiga qaraganda, ushbu ko‘rgazma doirasida imzolangan shartnomalar Rossiya va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlari juda ildam rivojlanayotganini ko‘rsatadi. "Innoprom"ning 3 kuni davomida ko‘rgazmada butun Markaziy Osiyo hududidan 10 mingdan ortiq kishi tashrif buyurgan.
Eslatib o‘tamiz, "Innoprom 2021" ko‘rgazmasida Rossiya tomonidan 300dan ortiq O‘zbekistondan 1000 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etishdi. Undan tashqari ko‘rgazmada Armaniston, Belarus, Germaniya, Qozog‘iston, Qirg‘izistona, Fransiya, Chexiya va Yaponiyalik kompaniyalar ishtirok etgan.