TOShKENT, 8 apr — Sputnik. G‘ayrat Fozilov tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Tegishli qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan.
Fozilov 2015-2017 yillarda ham tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan edi. 2017-yilda u O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi lavozimiga tayinlangan edi.