O‘zbekistonda emlashdan so‘ng 71 nafar fuqaroda nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi - tafsilotlar

Sanepid xizmat ma’lumotlariga muvofiq, umumiy qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarni 45,7%ida tana haroratining 37,5 gradusdan birmuncha oshishi kuzatilgan.
Sputnik
TAShKENT, 8 apr — Sputnik. O‘zbekistonda ommaviy vaksinalash boshlangan birinchi haftada 71 kishida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilgan.

"Bugungi kunga qadar qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlar soni 71tani tashkil etdi", — deya ma’lum qildi brifing davomida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov

Sanepid xizmat ma’lumotlariga muvofiq, umumiy qayd etilgan nojo‘ya ta’sirlarni 45,7%ida tana haroratining 37,5 gradusdan birmuncha oshishi kuzatilgan. 21,2% holatda esa emlanganlar tanasida ozgina og‘riq paydo bo‘lgan, 14,1 % emlanganlar emlanganlarda emlanish joyida qichish paydo bo‘lganiga guvoh bo‘lishgan, 11,2 % holatda emlangan joyda og‘riq paydo bo‘lganligi kuzatilgan, 2,7 % holatda emlanganlar orasida asabiylashish, holsizlanish, qo‘rqish kabi belgilar kuzatilgan.
Umumiy emlanganlarning orasida birorta ham jiddiy asorat kuzatilmagan, deya alohida qayd etdi Otabekov.
Samarqandda 100 yoshli otaxon koronavirusga qarshi emlandi
Otabekovning ma’lum qilishicha, 2021-yilning 6-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha 49 602 nafar fuqarolar koronavirus kasalligiga qarshi emlangan. Koronavirusga qarshi emlangan aholining 29 860 nafari AstraZeneca vaksinasini qabul qilgan, 19742 nafari O‘zbekiston-xitoy hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 bilan emlangan.
Oxirgi bir kunning o‘zida O‘zbekistonda 14 216 nafar shaxs koronavirusga qarshi vaksinatsiyani birinchi bosqichini qabul qilgan.