Yuriy Levitan tanlovi endi xalqaro miqyosga ega: sovrin 80 ming rubl

Jurnalist va bloggerlar uchun "Zamonamiz qahramonlari" tanlovi xalqaro miqyosga ega bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. "Rossiya segodnya" media-guruhining jurnalistlar va bloggerlar uchun "Zamonamiz qahramonlari" tanlovi xalqaro miqyosga ega bo‘ldi.
Ijodiy ishlar nafaqat Rossiyadan, balki Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan ham keladi. Tanlov tobora kuchayib bormoqda. Eng ko‘p murojaatlar "muallif televizion dasturi" va "videoblog" nominatsiyalari bo‘yicha kelmoqda.
Eng yaxshi ishlar 15-iyun kuni tanlov sahifasida e’lon qilinadigan qisqa ro‘yxatga kiritiladi. G‘oliblar 2021-yil 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida onlayn-formatda e’lon qilinadi.
Skrinshot stranisi konkursa imeni Yuriya Levitana
4ta nominatsiyada ishtirok etish uchun ariza berish mumkin: mualliflik televizion dasturi, mualliflik radio dasturi, audiopodkast va videoblog. Sovrin jamg‘armasi har bir nominatsiyada 80 ming rublni tashkil etadi.
Tanlovda 2021-yil 5-maygacha ria.ru veb-saytidagi loyiha sahifasida ishtirok etish mumkin.