TOShKENT, 7 apr — Sputnik. O‘zbekistonda Turizm va sport vazirligi tashkil etildi. Tegishi farmonga prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi.
Farmonga muvofiq,
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi negizida Turizm va sport vazirligi;
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tegishli hududiy bo‘linmalari negizida vazirlikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari tashkil etildi.
Vazirlik turizm, jismoniy tarbiya, sport va madaniy meros sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:
- bosh vazir o‘rinbosari – Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimi tugatildi;
- bosh vazir o‘rinbosari – turizm va sport vaziri lavozimi kiritildi.