TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Rossiya migrantlar federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov yaqin kunlarda bir million nafargacha mehnat migrantlari qaytishi mumkinligini istisno qilmadi.
Bunga koronavirus pandemiyasi sabab Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan qariyb bir yil to‘xtatib qo‘yilgan muntazam parvozlarning 1-apreldan qayta tiklanishi turtki bo‘ladi.
“Bir million kishini kutapmiz. Qiyinchilik shundaki, hozir kam reyslar uchapti”, - dedi Kojenov.
U O‘zbekiston va Tojikistonga haftasiga atigi bitta, Qirg‘izistonga esa haftasiga 3-4 ta reys amalga oshirilayotganiga e’tibor qaratdi.
Kojenovning so‘zlariga ko‘ra, shu tariqa bir hafta ichida Rossiyaga besh-olti mingga yaqin kishi kirib kela oladi va bu mehnat bozorida sezilgan.
Kojenov yer usti chegara postlari ochilishi bilan vaziyat keskin o‘zgarishini istisno qilmadi. Koronavirus pandemiyasining ortga chekinish sur’ati bunga jiddiy umid qilish imkonini beradi.