TOShKENT, 7 apr - Sputnik. O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish uchun mos keladigan maydoncha tanlash jarayoni davom etmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevga asosan.
Kariyev aytishiga qaraganda, "Sputnik V" vaksinasini ishlab chiqarish borasida muzokaralar davom etmoqda, ishlab chiqarishning aniq sanasi hozircha ma’lum emas.
"Mutaxassislar kelib bizning ishlab chiqarish maydonchalarimizni ko‘rishmoqda, texnologik transfer masalalari muhokama qilinmoqda", - dedi Kariyev.
Shavkat Mirziyoyev qarorga binoan ushbu loyiha uchun 53 million dollar mablag‘ ajratilgan.
Ma’lumot uchun bugungi kunda "Sputnik V" dunyoning 59ta mamlakatida sertifikatlangan, jumladan o‘zbekistonda ham. Rossiya tomonidan ishlab chiqilgan ushbu vaksina 91% dan yuqori samaradorlik va juda yuqori xavfsizlik darajasini namoyish qilgan. So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, "Sputnik V" koronavirusning JARda paydo bo‘lgan mutatsiyasiga qarshi amal qilishi ham aniqlangan.