Shavkat Mirziyoyev Denis Manturovni qabul qildi

Rossiya sanoat va savdo vaziri Shavkat Mirziyoyev bilan yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini masalalarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Denis Manturov davlatimiz rahbariga ikki mamlakatning yetakchi sanoat kompaniyalari va bank-moliya institutlari ishtirokida yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha birgalikda amalga oshirilayotgan ishlarning natijalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Suhbat chog‘ida biznes va hududlar darajasidagi ko‘p qirrali sheriklikni mustahkamlash, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’lumot uchun, Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan "Innoprom-2021" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan. Ushbu ko‘rgazmada 20ta davlatdan 300dan ortiq korxonalarning 1100ga yaqin vakillari ishtirok etishmoqda.