Samarqandda o‘qituvchi 21 yoshli qizning suratlarini tarqatmaslik uchun 400 $ so‘radi

Obro‘li institut o‘qituvchisi qizdan tovlamachilik yo‘li 400 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Samarqand shahrida bir qizning shaxsiy suratlarini tarqatib yubormaslik uchun pul talab qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 2-aprel kuni 21 yoshli S.A. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Qizning so‘zlariga ko‘ra, uning obro‘li institutlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi tanishi unga tegishli shaxsiy suratlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan. Tarqatmaslik evaziga esa qizdan 400 dollar talab qilgan.
27 yoshli V.F. o‘sha kuni qizdan tovlamachilik yo‘li 400 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Samarqandda xorijlikni shantaj qilib, 20 ming dollar olgan ayol ushlandi
V.F.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida tovlamachilikka qo‘l urgan ona va qiz qo‘lga olingani xabar qilingan edi.