Samarqand viloyatida koronavirus bilan kasallanganlar soni ortapti

Kecha aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (93) va Samarqand viloyatida (16) qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda 133 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Kasallangan soni 83 935 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Aniqlangan holatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri (93) va Samarqand viloyatida (16) qayd etilgan. Qolgan hududlarda 1-4 tagacha aniqlangan.
Qayd etish joizki, Toshkent shahri va viloyatidan keyin Samarqand viloyatida keyingi kunlarda boshqa hududlarga qaraganda koronavirus holatlari ko‘proq aniqlanmoqda. Masalan, 4-aprel kuni 11 kishida, 3-aprel kuni 8 kishida aniqlangan edi. Bu boshqa hududlar bilan taqqoslanganda ko‘proq.
O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 84 ming nafarga yaqinlashmoqda
Mamlakatda jami 81 881 (+118) kishi kasallikdan sog‘aygan.
Shuningdek, kecha 1 nafar bemor vafot etib, koronavirus qurbonlari soni 632 nafarga etgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1422 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.