Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi

Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. O‘zbekiston bosh prokurorining buyrug‘i bilan adliya maslahatchisi Norsuluv Soyipova Samarqand viloyati Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.
U 1979-yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy – huquqshunos. 2001-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019-yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Boyovut tumani hokimi lavozimiga ayol kishi tayinlandi
Soyipova Samarqandda yagona, respublikada esa tuman prokurori sifatida faoliyat kursatayotgan ikki nafar ayolning biriga aylangan.
Hozirda Nilufar Allabergenova Toshkent shahar Yakkasaroy tumani prokurori lavozimida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.