TOShKENT, 5 apr - Sputnik. AQSh Turkiyaning davlat muassasi va to‘rt nafar amaldoriga nisbatan Rossiyaning mudofaa sektori bilan hamkorlik qilgani uchun sanksiyalar kiritdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Ushbu haqidagi qonun rasman ro‘yxatga olindi va7 apreldan kuchga kiradi. Sanksiya ostiga Turkiya mudofaa sanoatini boshqarish muassasasi (SSB) hamda uning 4 nafar xodimi, jumladan muassasa rahbari Ismail Demir ham kiritilgan.
Ushbu sanksiyalar “AQShning raqiblariga qarshi sanksiyalar orqali kurashish” to‘g‘risidagi qonun (CAATSA) asosida kiritilgan bo‘lib, uning matnida ZRM S-400 aytib o‘tilgan.
Ushbu sanksiya tufayli SSB tashkilotiga Amerikadan eksport mahsulot olishi, 10 milliondan ortiq kredit olishini ta’qiqlaydi. Muassasaning 4 nafar xodimlari esa AQShga kirish huquqidan mahrum bo‘lishadi. AQSh hududida ularga tegishli bo‘lgan mulklar bilan har qanday operatsiya bajarish bloklanadi. Shuningdek amerikaliklarga ham uldar bilan ish yuritish ta’qiqlanadi.