Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan 493,8 mln so‘m “arra” bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 6 apr — Sputnik. Toshkent viloyatida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MChJ rahbarlari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman bo‘limi tergovga qadar tekshiruvlar o‘tkazgan.
Aniqlanishicha, Angren, Nurafshon, Olmaliq shaharlari, Piskent, O‘rtachirchiq va Yangiyo‘l tuman aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yuzasidan “Suvoqova” DUK Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi bilan 6 ta MChJ o‘rtasida tuzilgan pudrat shartnomalariga asosan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritilgan. Natijada amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali jami 493,8 mln so‘m budjet mablag‘lari talon-toroj bo‘lgan.
Shofirkonda ichimlik suvi tarmoqlari rekonstruksiyasi bahonasida millionlar o‘marildi
Mazkur holatlar yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish), 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.