Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligiga yangi direktor tayinlandi

Jamshid Abdusalamov Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Jamshid Abdusalamov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi. Hukumatning tegishli qarori 3-aprel kuni imzolangan.
Abdusalamov 2019-yildan beri Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
2021 yil martida Jamshid Abdusalamov o‘rniga Toshkent viloyati hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga lavozimiga Najmiddinxo‘ja Sharipov tayinlangan. Sharipov bunga qadar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga raislik qilib kelayotgan edi.