TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 7-apreldan Toshkent shahrida isitish mavsumi yakunlanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bu boradagi tegishli qarori qabul qilingan.
Unga muvofiq, 7-aprel soat 10:00 dan poytaxtda markazlashgan issiqlik ta’minotidan foydalanuvchilar uchun isitish mavsumi yakunlanadi.
2021-2022 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari begilangan tartibda boshlanadi.