TOShKENT, 5 apr - Sputnik. Rossiyaning Perm o‘lkasi va Farg‘ona viloyati ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolashadi. Bu haqida Sputnik muxbiri Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan INNOPROM ko‘rgazmasidan xabar qilmoqda.
Shartnoma kelasi haftada Perm raisi o‘rinbosari Aleksey Chibisov boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan.
"Tomonlar o‘zaro kelishilgan holda, bir-birlarining manfaatiga javob beradigan qo‘shma korxonalar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun tashkiliy, moliya-iqtisodiy va huquqiy sharoitlar yaratishadi", - deyilgan hamkorlik shartnomasida.
Perm o‘lkasi delegatsiyasi tashrif doirasida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan "INNOPROM" - xalqaro sanoat yarmarkasida ishtirok etadi. U yerda Permning IT, energetika, qishloq xo‘jaligi, neft mashinasizligi, sanoat xavfsizligi va injiniring xizmatlari ko‘rsatuvchi 9ta korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etadi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 5-7 aprel kunlari INNOPROM - xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Chexiya, Yaponiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armanistonning sanoat korxonalari va biznes-delegatsiyalari ishtirok etadi.