O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 84 ming nafarga yaqinlashmoqda

Davolanayotgan 1408 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda 179 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi. Kasallanganlar soni 83 802 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Andijon, Jizzax, Namangan, Farg‘ona, Xorazm viloyatlarida ikkitadan, Buxoro viloyatida 6 ta, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida 3 tadan, Samarqand viloyatida 11 ta, Surxondaryo viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 14 holat qayd etilgan. Eng ko‘p Toshkentda – 131 ta aniqlangan.
COVID-19: O‘zbekistonda uch kunda emlangan soni 23,7 ming nafardan oshdi
Kasallikdan jami 81 763 (+134) kishi sog‘aygan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1408 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.