TOShKENT, 5 apr — Sputnik. O‘zbekiston aeroportlari asosiy yig‘im va tariflarni 27%ga pasaytirmoqda.
15 apreldan “Uzbekistan Airports”AJ havo kemalariga xizmat ko‘rsatish uchun yig‘im va tariflarni pasaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Asosiy yig‘im va tariflar o‘rtacha 27 %ga pasaytirilib, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlariga muntazam yo‘lovchi reyslarini bajaradigan xorijiy aviakompaniyalar uchun qo‘llaniladi.
Pasaytirilgan yig‘im va tariflar xalqaro aviatsiya ma’lumotnomalarida e’lon qilindi, bu bilan IKAOga a’zo bo‘lgan 190 dan ortiq mamlakat va AIPdan foydalanuvchi barcha aviakompaniyalar O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida qo‘llaniladigan tariflar haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun imkoniyat yaratildi.