TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 2021-yil 5-7 aprel kunlari Koreya Respublikasi Milliy assambleyasi spikeri Pak Bon Sok O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida Pak Bon Sok Senat raisi Tanzila Norboyeva va Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uchrashadi.
Shuningdek, Koreya madaniyati va san’ati uyida Koreya Respublikasi fuqarolari bilan uchrashuv, Toshkent shahridagi Milliy bolalar tibbiyot markaziga tashrif buyurish, “Mustaqillik va ezgulik” monumentiga gulchambar qo‘yish rejalashtirilgan.
Pak Bon Sok Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishadi.