“Innoprom” doirasida O‘zbekiston qaysi sohalarda hamkorlik qilishga tayyor

Sardor Umurzakov, O‘zbekiston iqtisodida qanday o‘zgarishlar yuz bergani va respublika qaysi sohalarda hamkorlik qilishga tayyorligini aytib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr – Sputnik. Bugun Toshkentda boshlangan “Innoprom 2021” doirasida O‘zbekiston sanoatning bir necha sohalarida hamkorlik qilishga tayyor, dedi O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov
“Innoprom 2021” doirasida O‘zbekiston mashinasozlik, agrosanoat, farmatsevtika, yengil sanoat, qurilish materiallari va elektrotexnika sohalarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. Ushbu sohalarda yetakchi korxonalar tomonidan 50 dan ortiq yangi takliflar ishlab chiqilgan, - dedi vazir.
Shu bilan birga, Umurzakov, so‘nggi yilarda Respublika iqtisodida qanday o‘zgarishlar yuz bergani haqida to‘xtalib o‘tdi va iqtisodiy yutuqlarni ham sanab o‘tdi:
O‘zbekiston barqaror makroiqtisodiy rivojlanishga erishdi;
YaIMida sanoat mahsulotlar ulushi 26 %dan 36 foizgacha oshdi;
Metallurgiya sanoatida -10 baravar, avtosanoatda – 8 baravar, kimyo sanoatida – 3,3 baravar, to‘qmiachilik sanoatida – 2,6 baravar, tog‘-kon sanoatida – 2,2 baravar o‘sishga erishildi;
Lokalizatsiya natijasida 3 mlrd. dollarlik mahsulot ishlab chiqarilib. Undan 1 mlrd dollarligi eksport qilindi;
11 mingga yaqin yangi investorlar respublikada yangi korxonalar tashkil qilishdi;
Undan tashqari, Umurzakov respublika iqtisodini jahon iqtisodiga muvaffaqiyatli integratsiya qilish maqsadida bank sohasida, soli yukini kamaytirish sohasida, investorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish borasida qator takliflar ishlab chiqilganini aytib o‘tdi. “O‘zbekiston hamkorlikka tayyor”, dedi Umurzakov.