Denis Manturov sanoatning asosiy o‘sish drayverini aytdi

O‘tgan yilda pandemiyaga qaramasdan Rossiya va O‘zbekiston savdo aylanmasi 15,5 %ga oshib 5,8 milliard dollarni tashkil qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Toshkentda "Innoproma-2021" sanoat va savdo ko‘rgazmasi ochilish marosimida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov so‘zga chiqdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Manturov aytishiga qaraganda, o‘tgan yilda COVID-19 pandemiyasi tufayldi jahon iqtisodi 4,3 %ga susaygan. Vazir fikriga ko‘ra, xalqaro iqtisodiy hamkorlikka koronavirusga bog‘liq cheklovlar ta’sir qilmaganda bundan barcha yutgan bo‘lardi.
“Shu sababli, dunyo sanoatining birinchi va eng muhim drayveri – bu tovarlarning erkin harakatlanishi imkonidir”, - dedi Manturov.
Rossiya vazirining so‘lariga ko‘ra, o‘tgan yilda cheklovlarga qaramasdan Rossiya va O‘zbekiston savdo aylanmasi 15,5 %ga oshib 5,8 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu bilan birga YeOII ga kuzatuvchi bo‘lib kirishi O‘zbekiston uchun ulkan imkoniyatlar kashf qilishini alohida ta’kidlayu o‘tdi.