AOKA va IIV narkotiklar reklamasi haqida xabar qiluvchi botni ishga tushirdi

AOKA va IIV tomonidan qabul qilingan ushbu chora ana shunday noqonuniy reklamaga qarshi tezkor va samarali kurashish imkonini beradi.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti hu zaridagi axborot-kommunikatsiya markazi (AOKA) hamda Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmati birgalikda yangi telegram botni ishga tushirdi.

Fuqarolar @stopnarko_bot orqali narkotik moddalari reklamasi joylashtirilgan manzil yoki lokatsiya koordinatalari haqida tezkor xabar yuborish mumkin. Olingan ma’lmuotdan ichki ishlar organlari xabardor qilinadi va narkotiklar reklamasi o‘chiriladi.

Eslatib o‘tamiz, szng vaqtlarda O‘zbekistonda va MDHning boshqa davlatlarida reklama bannerlarida joylashtirilgan shtrix kod orqali narkotiklar savdosini tashkil qilish holatlari aniqlangan edi.
AOKA va IIV tomonidan qabul qilingan ushbu chora ana shunday noqonuniy reklamaga qarshi tezkor va samarali kurashish imkonini beradi.