Andijonda to‘rtta avtomobil to‘qnashdi

Uning oqibatida “Cobalt” haydovchisi va “Damas” yo‘lovchisi jarohat olgan.
Sputnik
TOShKENT, 5 apr — Sputnik. Andijon viloyati Shahrixon tumanida to‘rtta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.
YTH 3-aprel kuni soat 15:40 larda “Cobalt”, “Nexia-3”, “Lacetti” va “Damas” ishtirokida sodir bo‘lgan. Uning oqibatida “Cobalt” haydovchisi va “Damas” yo‘lovchisi jarohat olgan.
V Andijanskoy stolknulis chetire avto - foto
Ta’kidlanishicha, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Tuman IIB YHXB hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda, to‘qnashuv sabablarini o‘rganmoqda.