Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida 11 nafar bokchi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining yana to‘rt vakili Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmaga ega chiqdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar bermoqda.
Boks bo‘yicha jahon litsenzion musobaqasini bekor qilgani sabab yo‘llanmalar qit’alar kesimida sportchilarning reytingdagi pog‘onasiga qarab taqsimlangan.
O‘zbek bokschilari dunyoda tengsiz ekanliklarini yana bir bor namoyish etishdi
Unga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi vakillaridan Fanat Qahramonov (-75 kg) va Dilshod Ro‘zmetov (-81 kg), ayollardan Rayhon Qodirova (-60 kg) va Shahnoza Yunusova (-69 kg) Olimpiada yo‘llanmalariga ega bo‘lishgan.
Shu tariqa, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida 11 nafar bokschi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi. Bular Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzaxalilov, Elnur Abduraimov, Bobousmon Baturov, Fanat Qahramonov, Dilshod Ro‘zmetov, Sanjar Tursunov, Bahodir Jalolov, Tursunoy Rahimova, Rayhon Qodirova va Shahnoza Yunusova.