Toshkentdagi “Humo Arena” muz saroyida professional boks kechasi tashkil etildi.
Kechaning asosiiy jangi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev va yaponiyalik Rosuke Ivasada o‘rtasida kechdi.
12 raund davom etishi mo‘ljallangan jang 5-raundda Murodjon foydasiga hal bo‘ldi. Beshinchi raundda Ahmadaliyev zarbalar seriyasini ijro etdi va hakam jangni muddatidan avval jangni to‘xtatdi.
Shu tariqa, Murodjon Ahmadaliyev raqibi ustidan g‘alaba qozonib, WBA va IBF kamarlarini o‘zida saqlab qoldi.
“Xudo xohlasa, bu hali boshlanishi. Bunaqa kamarlarning ko‘pini O‘zbekistonga olib kelib, sizlarning yuzlaringizni yorug‘ qilaman. Xursand qilaman. Katta rahmat”, - dedi jangdan so‘ng Ahmadaliyev.