O‘zbek bokschilari raqiblarini yer tishlatgan kechaning yorqin suratlari

Toshkentda katta professional boks oqshomida ringga ko‘tarilgan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschining har bir raqibi ustidan ustin keldi.
Sputnik
1 / 11

Shahram G‘iyosov meksikalik bokschini nokautga uchratib, WBA International kamarini himoya qildi.

2 / 11

Musobaqada sakkiz nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tarildi va ularning barchasi janglarda raqibini yer tishlatdi.

3 / 11

Kechaning asosiy jangi ikkinchi yarim yengil vazn toifasida WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliyev hamda majburiy da’vogar Rosuke Ivasa o‘rtasida kechdi.

4 / 11

Ahmadaliyev kamarlarini munosib himoya qila oldi.

5 / 11

Beshinchi raundda Ahmadaliyev zarbalar seriyasini ijro etdi va hakam jangni muddatidan avval to‘xtatdi.

6 / 11

Janglarni Iqboljon Xoldorov o‘zining chiroyli nokauti bilan boshlab berdi.

7 / 11

"Humo Arena” muz saroyida katta professional boks kechasidagi Murodjon Ahmadaliyevyu

8 / 11

Bahodir Jalolov latviyalik bokschi Kristaps Zuisni 2-raunddayoq nokautga uchratdi

9 / 11
Murodjon Axmadaliyev stal chempionom mira
10 / 11

O‘zbek bokschilari o‘z g‘alabalari bilan millionlab yurtdoshlarini xushnud qilishdi.

11 / 11

Bu bilan ular O‘zbekiston dunyodagi eng kuchli bokschilar diyori ekanini isbotlashdi.

O‘zbek bokschilari foydasiga hal bo‘lgan jang natijalari:
1. Iqboljon Xoldorov – Kulva Bushiri (Tanzaniya) – nokaut
2. Sanjar Tursunov – Ivan Yuxta (Ukraina) – yaqqol ustunlik
3. Mirazizbek Mirzaxalilov – Tasha Mjuaji (Tanzaniya) – nokaut
4. Hasanboy Do‘smatov – Muhsin Kizota (Tanzaniya) – nokaut
5. Bahodir Jalolov – Kristaps Zuis (Latviya) – nokaut
6. Isroil Madrimov – Emmanuel Kalombo (Kongo) – yaqqol ustunlik
7. Shahram G‘iyosov – Patrisio Lopes Moreno (Meksika) – nokaut
8. Murodjon Ahmadaliyev – Rosuke Ivasa (Yaponiya) – nokaut