TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Moskvada chet ellik fuqarolarga ishlash uchun beriladigan patentlar elektron bo‘ladi. Rossiya IIVning tegishli buyruq loyihasi huquqiy axborot internet portalida chop qilingan.
“Federal ahamiyatga ega Moskva shahri hududida elektron ma’lumot tashuvchi karta ko‘rinishidagi patent ... joriy qilinsin”, - deyilgan hujjatda.
Ta’kidlanishicha, yangi mexanizm xizmatlarni maqbullashtirish uchun zarur.
IIVning aniqlik kiritishicha, hozir mehnat patentlari xorijliklarga elektron kodsiz beriladi. Hujjatning yangi ko‘rinishi patentlarni qalbakilaridan himoya qilish darkor.