Davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha qisqartiriladi

2021 yil 1-maydan boshlab, O‘zbekistondagi 26 ta vazirlik va markaziy idoraning rahbar o‘rinbosarlari qisqartiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-yil 1-maydan davlat organlari xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi.
Jumladan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalarida jami 5288 ta shtat qisqariladi.
S 1-maya chislo doljnostey zamestiteley rukovoditeley ministerstv i vedomstv sokrashayetsya na 40 — so 106 do 66.
Shuningdek, vazirlik va idoralarning rahbar o‘rinbosarlari lavozimlari ham qisqartiriladi.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatilib, uning barcha vazifa, funksiya va vakolatlarini Moliya vazirligiga berildi.
2021 yil 1-sentabrgacha xodimlarning eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlariga (KPI) erishilganligi natijalarini baholash uchun maxsus dastur ishlab chiqilib davlat organlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.