COVID-19: O‘zbekistonda uch kunda emlangan soni 23,7 ming nafardan oshdi

Vaksinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlaridan jami 9551 nafar fuqaro emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. O‘zbekistonda uch kun mobaynida 23 ming 780 kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinatsiyaning uchinchi kunida Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida jami 9551 nafar fuqaro emlangan.
Vaksina olganlarning 3441 nafarini 65 yoshdan yuqori fuqarolar va 6110 nafarini tibbiyot xodimlari tashkil qilgan.
Emlashning birinchi kuni: nega fuqarolarga emlangandan so‘ng darhol javob berilmayapti
3 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni Toshkent shahri (2105 nafar), Namangan viloyati (1189 nafar), Buxoro viloyati (1166 nafar), Andijon viloyati (1083 nafar) va Toshkent viloyati (844 nafar) band qildi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakat aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1-apreldan boshlangan. 1-aprel kuni 5018 nafar, 2-aprel kuni 9211 esa nafar fuqaro emlangan edi.